add

Keyingi yildan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi

28.10.2025 | 18:003381

2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi. Shuningdek, dual ta’limni tashkil qilganlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Keyingi yildan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi

«Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–316-son, 23.10.2025 y.) qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Shu jumladan, dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi hamda ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi.

Shu bilan birga, 2026 yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga 20 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi. Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida eng kam oylik ish haqining 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili eng yaxshi 50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.

Bundan tashqari, 2030 yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid