
Kim Jong In mina tashuvchi kema ta’mirida Rossiyadan yordam so‘ragan bo‘lishi mumkin — CNN
09.06.2025 | 19:303334
Shimoliy Koreya 21 may kuni suvga tushirish marosimida zararlangan harbiy eskadron mina tashuvchi kemasini Rossiya bilan chegaradosh Rajin portiga ko‘chirdi.

CNN va Maxar Technologies tarqatgan sun’iy yo‘ldosh suratlariga ko‘ra, 5000 tonnalik «Choy Hyong» turkumiga mansub ushbu harbiy kema hozirda kemasozlik ustaxonasida ta’mirlanmoqda. Tahlilchilar bu holatni Rossiyaning ta’mirlashda ishtirok etishi ehtimoli bilan bog‘lashmoqda.
Vest-Poynt harbiy akademiyasi huzuridagi institut hisobotiga ko‘ra, Rason iqtisodiy zonasida joylashgan Rajin porti Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik nuqtalaridan biri hisoblanadi. U bugungacha bir necha marta Rossiyaga qurol yetkazib berishdagi gumonlar bilan bog‘liq tergovlarda ham tilga olingan. Rossiyaning so‘nggi bor portga tashrifi 1 iyun kuni qayd etilgan.
Rajin porti texnik jihatdan yirik ta’mirlash bazasi emas va hozirda bu vazifani bajarish uchun yetarli infratuzilmaga ega emas. Bu haqda Janubiy Koreyaning Mudofaa tadqiqotlari instituti vakili Yu Ji-hun ma’lum qildi. Uning fikricha, Rossiya tomoni ta’mirlashda qatnashishi ehtimoldan holi emas.
Janubiy Koreyalik iste’fodagi admiral Kim Dik-kining qayd etishicha, mina tashuvchi kema suvga tushirilayotganda burun qismi quruqlikda, tanasi esa suvda qolib ketgan. Bu holat sonar va exolot uskunalariga zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin. Kimning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya bunday tizimlarni ishlab chiqarish texnologiyasiga ega emas va ular ehtimolan Xitoy yoki Rossiyadan import qilingan.
Janubiy Koreya parlamenti deputati Yu Yon-vonning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya harbiylari eskadron mina tashuvchi kemada jiddiy texnik shikastlar emas, balki korpusga suv kirganini aniqlagan.
Kim Jong In ushbu esminets ta’mirini Mehnat partiyasi iyun oxiridagi plenumigacha yakunlashni shaxsan buyurgan va bu ishni «milliy sha’n masalasi» deb atagan. KXDR davlat telekanallariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari 7–10 kun davom etishi va Kim belgilangan muddatgacha tugatilishi kerak.





