add

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti metalloorganik karkaslar yaratgan olimlarga berildi

08.10.2025 | 16:4749884

2025 yilgi Nobel kimyo mukofoti yapon olimi Susumu Kitagava, britaniyalik Richard Robson va iordaniyalik Omar Yagilga berildi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti metalloorganik karkaslar yaratgan olimlarga berildi
Nobel qo‘mitasi 2025 yilgi kimyo bo‘yicha mukofotni metalloorganik birikmalar sohasidagi ilmiy kashfiyotlari uchun uch olimga — Yaponiya, Buyuk Britaniya va Iordaniya vakillariga berdi. Mukofotni Susumu Kitagava (Kioto universiteti professori), Richard Robson (Melburn universiteti professori) va Umar Yag‘iy (Kaliforniya universiteti, Berkli professori) bo‘lishadi. Olimlar metall ionlari va uzun organik zanjirlar asosida yangi molekulyar tuzilmalar yaratishdi. Bu konstruksiyalar — metalloorganik karkaslar (Metal-Organic Frameworks, MOF) — gazlar va boshqa moddalarni ushlab turish, havodan suv yig‘ish yoki uglekislыy gazni filtrlash kabi jarayonlarda ishlatilishi mumkin. Nobel qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yangi materiallar bo‘sh hujayralardan iborat bo‘lib, ular orqali gazlar, suyuqliklar yoki kimyoviy birikmalar o‘tishi mumkin. Bu strukturalar sanoatda toksik moddalarni saqlash, ximiyaviy reaksiyalarni tezlashtirish yoki elektr o‘tkazuvchan materiallar yaratishda qo‘llanishi mumkin. Nobel qo‘mitasi raisi Hayner Linkening ta’kidlashicha, “metalloorganik karkaslar kelajakda yangi funksiyalarga ega materiallar yaratish imkonini beradi — bu kimyodagi haqiqiy inqilobdir”. Susumu Kitagava 1951 yilda Kiotoda tug‘ilgan, 1979 yilda Kioto universitetida doktorlik darajasini olgan. Richard Robson 1937 yilda Buyuk Britaniyada tug‘ilgan, 1962 yilda Oksford universitetini tamomlagan. Omar Yagi esa 1965 yilda Ammanda tug‘ilgan, 1990 yilda Illinoys universitetida fan doktori bo‘lgan. 1901 yildan buyon Nobel kimyo mukofoti 116 marta berilgan, ular orasida faqat sakkizta ayol laureat bo‘lgan. Eng yosh mukofotdor — Frederik Jolio, eng yoshi kattasi — Jon Gudenaf bo‘lib, u 97 yoshida mukofot olgan.

Teglar

Mavzuga oid