add

«Kirtog‘ora»ga aylangan Telegram: unda o‘tgan yili 27 mlrd dollar «yuvilgan»

16.05.2025 | 08:5132842

Alohida kiberjinoyat guruhlari 2023 yil davomida Telegram messenjeri orqali 27 mlrd dollarga teng kriptovalyutani jinoiy faoliyat bilan «yuvib olgan». Bu haqda Crystal Blockchain tahlil markazi ma’lum qildi.

«Kirtog‘ora»ga aylangan Telegram: unda o‘tgan yili 27 mlrd dollar «yuvilgan»
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Telegram nafaqat muloqot vositasi, balki noqonuniy moliyaviy operatsiyalar uchun qulay platformaga aylangan. Tadqiqotchilarning aytishicha, 2022 yilda Telegram orqali yuvilgan mablag‘lar hajmi 10 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich qariyb uch barobarga oshgan. Kiberjinoyatchilar, xususan, maxfiy guruhlarda faoliyat yuritib, maxsus botlar orqali yuvish jarayonlarini avtomatlashtirgan. Ular shubhali manbalardan tushgan kriptovalyutani bir necha bosqichli operatsiyalar orqali aylantirib, uning kelib chiqish manbasini yashirishga muvaffaq bo‘lgan. Crystal Blockchain ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram orqali yuvilgan mablag‘larning katta qismi detsentralizatsiya qilingan moliyaviy platformalar (DeFi), mikserlar va birjalar orqali o‘tkazilgan. Bu esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mablag‘larning harakatini kuzatishni ancha qiyinlashtirgan. Mutaxassislarning fikricha, kriptomoliya sohasida regulyatsiyaning yetishmasligi, shifrlangan platformalarda shaffoflikning past darajada ekani kiberjinoyatchilarga keng imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo kabi rivojlanayotgan mintaqalarda Telegram orqali yuritilayotgan moliyaviy operatsiyalar xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid