add

Kit Kellog: «Ukraina o‘z hududlari Rossiya nazoratini vaqtincha tan olishi kerak»

20.09.2025 | 09:0642145

Trampning maxsus vakili, general Kellog Kiyevni «uzoqni ko‘zlab o‘ynash»ga chaqirdi va hozircha Rossiya nazoratidagi hududlarni keyinroq qaytarib olish mumkinligini aytdi.

Kit Kellog: «Ukraina o‘z hududlari Rossiya nazoratini vaqtincha tan olishi kerak»
AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili, general Kit Kellog Ukraina–Rossiya urushidagi murakkab vaziyat yuzasidan The Telegraph nashriga intervyu berdi. Unga ko‘ra, Ukraina hozircha Rossiya nazoratida bo‘lgan hududlarni tan olishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Kellog ta’kidlashicha, qaror qabul qilish faqat prezident Volodimir Zelenskiy huquqida. «Amerika ukrain yerlarini savdo ob’ekti sifatida ko‘rmaydi. Bu qarorni Ukraina rahbari o‘zi qabul qilishi lozim», — dedi u. General Ukraina rahbariyatini uzoq muddatli manfaatlarni o‘ylab harakat qilishga chaqirdi. «Hozir reallik shundayki, sizga kerak bo‘lgan hududlar okkupatsiya qilingan. Ammo uzoq muddatda ularni qaytarish mumkin. O‘yinni uzoq muddatga rejalashtiring», — dedi u. Kit Kellog, shuningdek, Donald Tramp Rossiya–Ukraina urushining hal bo‘lmasdan qolishiga norozi ekanini aytdi. General esa xushfe’llik bilan vaziyat tinch yo‘l bilan hal bo‘lishiga ishonchi borligini bildirdi. Biroq u Trampdan farqli ravishda, avval o‘t ochishni to‘xtatib, so‘ng muzokara o‘tkazish tarafdori ekanini aytdi. U vaziyatni 1940 yilda sovet ittifoqi Latviya, Litva va Estoniyani o‘ziga qo‘shib olganiga taqqosladi. «Biz hech qachon SSSRning Boltiq mamlakatlari ustidan nazoratini tan olmaganmiz, garchi ular de-fakto ittifoqning bir qismi bo‘lsa ham... Bu yerda ham xuddi shunday bo‘ladi»,— dedi Kellog. «O‘t ochish to‘xtamas ekan, tinchlikka erishish mushkul. Putin o‘zini g‘olib deb his qilayotgan ekan, u muzokaraga tayyor emas. Tramp avval muzokara, keyin to‘xtashi tarafdori. Men esa avval o‘t ochish to‘xtashi kerak, degan fikrdaman», — dedi Kellog. Avvalroq AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham tinchlik muzokaralari asossiz kechayotganini ta’kidlagan va asosiy masala — hududlar taqdiri hamda xavfsizlik kafolatlari ekanini aytgandi. Rossiya prezidenti Putin kafolatlar muhokama etiladi, ular hurmat qilinadi, degan. Zelenskiy esa hozircha hech qanday yuridik tan olish bo‘lmasligini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid