add

«Kommunistlardan nari» — Donald Tramp G20 sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

Bugun 08:583021

AQSH prezidenti Donald Tramp G20 sammitida qatnashmasligini e’lon qilib, buni JARda kommunistik tuzum hukmron ekani bilan tushuntirdi.

«Kommunistlardan nari» — Donald Tramp G20 sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

AQSH prezidenti Donald Tramp joriy yil 22–23 noyabr kunlari Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Amerika biznes-forumidagi chiqishida bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JAR «kommunistik tiraniya» hukmron bo‘lgan mamlakat sifatida G20 kabi muhim tuzilmada qatnashishga loyiq emas.

«Janubiy Afrikada G20 uchrashuvi bo‘ladi. Men u yerga bormayman», — dedi Tramp. U JARni «Katta yigirmatalik»ka munosib davlat deb hisoblamasligini ochiq bildirdi.

Qayd etish lozimki, G20 cammitiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bor(ol)maydi. Sammit davomida Rossiya delegatsiyasiga prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin boshchilik qiladi. Rossiya delegatsiyasi Yohannesburgda 20–24 noyabr kunlari ish olib boradi.

Avvalroq, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb G20 doirasida AQSH va Rossiya rahbarlari uchrashuvini tashkil qilishni taklif qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid