add

Koreyada ishni tark etish fuqarolarga qimmatga tushmoqda

Kecha 10:551552 daqiqa

Koreyada E-7 va E-9 vizalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar ish joyini norasmiy ishlarga almashtirsa, katta jarima, deportatsiya va imtiyozlarni yo‘qotish kabi og‘ir oqibatlarga duch kelmoqda.

Koreyada ishni tark etish fuqarolarga qimmatga tushmoqda

Koreyada ishlashga ruxsat beruvchi E-7 va E-9 vizalariga ega bo‘lgan ayrim fuqarolar rasmiy ish joyini tashlab, norasmiy faoliyatga o‘tib ketayotgani Migratsiya agentligi tomonidan jiddiy qonunbuzarlik sifatida qayd etilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ish beruvchi bilan kelishmasdan ish joyini tark etish fuqaro maqomining darhol buzilishiga va jiddiy huquqiy jazolarga sabab bo‘ladi.

Qonunlarga muvofiq, ishdan bo‘shatilgan fuqaro bir oy ichida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi shart. Shundan so‘ng uch oy muddatda yangi ish beruvchi topib, qonuniy mehnat shartnomasi tuzilishi talab etiladi. Bu talablarni bajarmaslik katta miqdordagi jarima, noqonuniy maqomda qolish va deportatsiya kabi og‘ir choralarga olib kelishi mumkin.

Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, shartnomadagi asosiy talablardan biri — ish joyini kelishmasdan tark etmaslik. Joriy yilda aynan shu shartni buzgan 20 nafar fuqarodan uch tomonlama kelishuvni buzgani uchun jami 660 million so‘m jarima undirilgan.

Deportatsiya qilingan fuqarolar esa davlat tomonidan berilgan barcha imtiyozlarni qaytarishi shart bo‘ladi. Bundan tashqari, ular bir yil davomida tashkiliy tartibda xorijga chiqarilmaydi, bu esa mehnat migratsiyasi orqali qonuniy daromad topish imkoniyatlarini cheklaydi.

SPAS bazasida ro‘yxatda turganlar uchun: agar sizga shartnoma berilgan bo‘lsa, demak ish beruvchi sizdan manfaatdor va rasman tanlagan. Shu bois «tanlovda yordam beraman» deb pul talab qilayotgan har qanday shaxs — firibgar. Bunday holatda darhol 1282 raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Teglar

Mavzuga oid