Logo

Kreativ iqtisodiyot nima va unga qanday imtiyozlar berilgan?

Bugun 20:052 daqiqa

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot subyektlari uchun soliq imtiyozlari joriy etildi. Endi ular ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini amaldagi 12 foizlik stavkaning yarmini to‘laydi. Shuningdek, ular uchun aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llash bo‘yicha ham qo‘shimcha tartib belgilandi.

Kreativ iqtisodiyot nima va unga qanday imtiyozlar berilgan?

Kreativ iqtisodiyot – bu ijodkorlik, intellektual qobiliyat va innovatsion g‘oyalarni iqtisodiy foyda keltiruvchi tovar va xizmatlarga aylantirishga asoslangan iqtisodiyot tarmog‘idir. Uning asosiy yo‘nalishi kreativ industriya deb atalib, unga dizayn, IT-kontent, kino, musiqa, moda, reklama, arxitektura va san’at kabi sohalar kiradi.

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshla bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifaalrni amalga oshrishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Farmoniga ko‘ra, kreativ park rezidentlari ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHODS)ni amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida to‘laydi. Amaldagi 12 foizlik stavkadan kelib chiqilsa, bu soliqlar 6 foizni tashkil etadi. Bu haqda Soliq qo‘matasi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, kreativ park rezidentlari tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Shu bilan birga, ular istalgan vaqtda umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tish huquqini ham saqlab qoladi. Ya’ni tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan rezidentlar ushbu imtiyozga ega bo‘ladi.

Mazkur soliq yengilliklari faqat kreativ park rezidenti maqomini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi. Buning uchun ularning jami daromadining kamida 80 foizi kreativ iqtisodiyot yo‘nalishidagi faoliyatdan shakllangan bo‘lishi kerak. Ushbu imtiyozlar 2025 yil 1-maydan 2031 yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Kimlar imtiyozdan foydalanishi mumkin?

Kreativ park rezidenti maqomini adabiy ijod, amaliy san’at va hunarmandchilik, arxitektura va urbanistika, audiovizual san’at, ijrochilik san’ati hamda boshqa kreativ yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslar olishi mumkin.

Ushbu imtiyozlar kreativ iqtisodiyot subyektlarining soliq yukini kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va sohaning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid