Kredit berish jarayonlarida korrupsiya xavfi eng yuqori — Markaziy bank
03.09.2025 | 22:2030116
Co‘rovnomasiga ko‘ra, bank tizimidagi korrupsiyaning asosiy sababi sifatida 53,5 foiz respondent xodimlar ish haqining pastligini ko‘rsatdi.

Markaziy bank bank tizimidagi korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni tahlil qilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unda respublika bo‘yicha 6 ming 438 nafar respondent qatnashgan. Ishtirokchilarning asosiy qismi – qariyb 59 foizi davlat xizmatchisi, 26 foizi tadbirkorlar, 8,3 foizi bank-moliya sohasidagilar, qolganlari esa talaba va ishsizlardan iborat.
[caption id="attachment_15579" align="aligncenter" width="633"]
 Infografika: Markaziy bank[/caption]
Bank xizmatlarini raqamlashtirish holatini ishtirokchilarning 69,5 foizi ijobiy baholagan, 24 foizi esa qoniqarli darajada deb hisoblaydi. Atigi 6 foizdan ortiq respondentlar «qoniqarsiz» degan fikrni bildirgan.
 
Bank xizmatlarining qaysi turida korrupsiya xavfi yuqori?
[caption id="attachment_15580" align="aligncenter" width="633"]
 Infografika: Markaziy bank[/caption]
So‘rovnomaga ko‘ra, aholining bank xizmatlarida korrupsiya xavfi qaysi sohalarda yuqori ekanini baholashida keskin tafovut kuzatildi. Eng katta xavf kredit mahsulotlari bilan bog‘liq deb topildi — javob berganlarning qariyb yarmi, ya’ni 49,4 foizi (3 182 nafar) shu yo‘nalishda korrupsiya xavfi mavjudligini ta’kidladi.
Ikkinchi o‘rinda «boshqa xizmat turlari» (lizing, faktoring, loyihalarni moliyalashtirish, konversion amaliyatlar va boshqalar) qayd etildi. Ushbu yo‘nalishda 42,7 foiz (2 752 nafar) ishtirokchi korrupsiya xavfini yuqori, deb hisoblagan.
Shu bilan birga, bank kartalari xizmatlari bo‘yicha 7,3 foiz (473 nafar), hisob-kitob va kassa xizmatlari bo‘yicha 6,6 foiz (424 nafar) javob beruvchilar xavf borligini bildirgan.
Eng past ko‘rsatkich xalqaro pul o‘tkazmalari va bank omonatlari xizmatlariga to‘g‘ri keldi. Har ikkalasida ham 4,3 foizdan (275 nafar) javob beruvchi korrupsiya xavfi mavjudligini ta’kidlagan.
Umuman olganda, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, korrupsiya xavfi eng avvalo kredit berish jarayonlari va turli qo‘shimcha xizmatlarda to‘plangani ko‘rinib turibdi.
Bundan tashqari, bank xizmatlarida respondentlarning 90 foizdan ortig‘i «tanish-bilishchilik»dan foydalanishini ma’lum qilgan. Qolganlari esa «yo‘q» deb javob qaytargan.
[caption id="attachment_15581" align="aligncenter" width="640"]
 Infografika: Markaziy bank[/caption]
Bank tizimida korrupsiya holatlarining asosiy sabablari turlicha omillar bilan bog‘liq. Javob berganlarning katta qismi — 53,5 foizi korrupsiyaning asosiy sababi sifatida bank xodimlari ish haqining pastligini ko‘rsatgan.
Shuningdek, 30,9 foiz fuqarolarning moliyaviy savodxonligi yetarli emasligini ta’kidlagan.
Yana bir muhim omil sifatida 16,9 foiz respondentlar bank xodimlari xatti-harakatlari ustidan samarali nazorat yo‘qligini qayd etgan. Qolgan 13,4 foiz ishtirokchilar esa boshqa sabablarni ko‘rsatishgan.
Ma’lumot uchun, bank va sug‘urta xizmatlarida faoliyat yurituvchilarning oyligi O‘zbekistondagi eng yuqori maosh hisoblanadi. Bu o‘rtacha 16 mln so‘mni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurilish ruxsatnomasi va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lumot berilgan edi.