add

Kredit mablag‘ini qimorda talon-taroj qilgan bank xodimi qo‘lga olindi

Kecha 15:451 daqiqa

Soxta hujjatlar orqali rasmiylashtirilgan 120 ming dollarlik kredit internet qimor o‘yinlarida talon-toroj qilingani aniqlandi.

Kredit mablag‘ini qimorda talon-taroj qilgan bank xodimi qo‘lga olindi

Toshkent shahrida tijorat banki orqali ajratilgan 120 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur mablag‘lar internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga tikilgan.

Tekshiruv ishlari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaati asosida o‘tkazilgan. Unda Yashnobod tumanida joylashgan bank filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi E.N. qator shaxslar bilan o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, E.N. «A.» MCHJ mas’ul shaxslari bilan kelishuvga kirib, «B.B.» MCHJ nomiga 120 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishgan. Keyinchalik ushbu kredit mablag‘lari soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali naqdlashtirib olingan.

Tergov materiallariga ko‘ra, naqdlashtirilgan mablag‘lar ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatiga emas, balki internetdagi qimor va yuqori tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga sarflangan. Natijada bank mablag‘lariga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda 228-moddasi — hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilashtirish, ulardan foydalanish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid