
Kreml 6000 jasadni qanday qilib axborot quroliga aylantirdi?
09.06.2025 | 22:1540174
Rossiya urushda halok bo‘lgan 6000 nafar harbiylar jasadlarini Ukrainaga topshirishga tayyor ekanini ma’lum qilgach, bu insonparvarlik akti sifatida baholangandi. Biroq Kiyev javoban DNK tahlillarini, sud-tibbiy xulosalarni va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokini talab qildi.

Ukraina tomoni bunday ehtiyot choralarini tasodifan so‘ragani yo‘q: avvalgi holatlarda rossiyaliklar topshirgan jasadlar orasida noma’lum shaxslar, hujjatsiz shaxslar va hatto tinch aholi vakillaridan iborat qurbonlari bo‘lgan. Ukraina halok bo‘lgan harbiylarni aniqlashtirmasdan qayta dafn etishga qonunan haqli emas.
Bir kun o‘tib, rossiyalik davlat telekanallari va kremlparast Telegram kanallar butunlay boshqa syujetni tarqata boshladi: «Ukraina o‘z askarlaridan voz kechmoqda», «o‘likxonalar to‘lib ketgan, Kiyev sukunatda» kabi xabardorlik kampaniyasi boshlandi. Bunday mediahujum Moskva tashabbusini axborot urishi quroliga aylantirdi.
Xo‘sh, Kreml bunday axborot xurujidan qanday maqsadlarni ko‘zlagan, deb savol bermoqda Ukraina tomoni.
Birinchi maqsad — Rossiyadagi real yo‘qotishlarni yashirish. Teleefirlar faqat davlatning «qahramonlarga» nisbatan g‘amxo‘rligini ko‘rsatadi. Bunday ommaviy holda jasadlarni tekshirish va tahlil qilishning imkoni yo‘q.
Ikkinchi maqsad — Ukraina jamiyatida ishonchsizlik uyg‘otish. O‘z farzandlarini topa olmayotgan oilalar orasida «hokimiyat ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygan» degan fikr singdirilmoqda.
Uchinchi maqsad — Rossiya tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarni yashirish. Bir joyga yuborilgan yuzlab jasadlar orasida shikastlar va qiynoq izlari ko‘rinmasdan qoladi. Bu Ukrainadagi sud-tibbiy markazlarga yuklama keltiradi va ekspertiza jarayonlarini sekinlashtiradi.
Hozirda Rossiya Ukrainadan faqat Jeneva konvensiyalarida qayd etilgan narsani — har bir halok bo‘lgan shaxsni aniqlab berishni so‘rayotganini inkor etib, aybni to‘liq Kiyev zimmasiga yuklamoqda. Bu orqali Kreml o‘z yo‘qotishlar statistikasini yashirayapti va diplomatik bosim quroli sifatida jasadlardan foydalanmoqda.
Halok bo‘lganlarning tinch dafn etilishi o‘rniga, ular siyosiy, axborot va psixologik urinishlar qurboniga aylangan, deb yozmoqda Ukraina nashrlari.





