Kriptobozorda o‘sish: Bitkoin yangi chegarani zabt etdi

Bugun 08:451 daqiqa

Bozor ishtirokchilari bu o‘sishni geosiyosiy vaziyatning yumshashi va talabning tiklanishi bilan bog‘lamoqda.

Kriptobozorda o‘sish: Bitkoin yangi chegarani zabt etdi

Kriptovalyuta bozorida yetakchi aktiv hisoblangan Bitkoin narxi 4-may kungi savdolar davomida 80,6 ming dollargacha ko‘tarildi. Bu haqda «Binance» birjasi ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 22:30 holatiga ko‘ra, bitkoin 80,4 ming dollar atrofida savdo qilindi. Bu ko‘rsatkich kriptovalyuta uchun so‘nggi oylardagi eng yuqori darajalardan biri hisoblanadi.

Psixologik chegara buzildi

Muhim jihati shundaki, bitkoin 31-yanvardan beri ilk bor 80 ming dollarlik psixologik chegaradan yuqoriga chiqdi. Bu holat bozor ishtirokchilari orasida optimizm kuchayganini ko‘rsatadi.

Aprel oyi oxirida ham kriptovalyuta narxi o‘sish tendensiyasini namoyon etgan edi. O‘shanda bitkoin 2,5 foizga qimmatlashib, 79,5 ming dollarga yaqinlashgan.

O‘sish omillari va prognozlar

Ekspertlarning fikricha, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy mojarolarning nisbatan yumshashi va moliyaviy bozorlarning yangi sharoitga moslashishi kriptovalyutalarga bo‘lgan talabni tiklagan.

Shu bilan birga, tahlilchilar bozordagi ijobiy kayfiyat saqlanib qolsa, bitkoin yaqin vaqt ichida 85 ming dollarlik yangi chegarani sinab ko‘rishi mumkinligini istisno etmayapti.

Teglar

Mavzuga oid