Kuch tuzilmalarida katta tayinlovlar

28.01.2026 | 18:373 daqiqa

2026 yilda kuch ishlatar tizimdagi ko‘plab kursilar qimirladi. Kimdir lavozimidan ketdi, kimdir esa davlat pulini o‘zlashtirish gumoni bilan panjara ortida. Ularning aybi bor-yo‘qligiga tergov va sud yakunida aniqlik kiritiladi. 27-yanvar kuni Prezident o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng ichki ishlar tizimida katta o‘zgarishlar va yangi tayinlovlar boshlandi. Bugun aynan shu haqda.

2020 yilning mart oyida O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan General-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich Ichki ishlar vazirining vakant bo‘lgan Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

juraev

Jo‘rayev Rustam Mirzayevich

Bu lavozimni ilgari Bekmurod Abdullayev egallagan. U hozir 186 milliard so‘mlik davlat mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanib, qamoqda qolmoqda.

bekmurod

Bekmurod Abdullayev


Lavozimga yangi qo‘yilgan Rustam Jo‘rayev shu kungacha Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Namangan va Xorazm viloyatlarida IIBB boshlig‘i, Favqulodda vaziyatlar vaziri, Toshkent IIBB boshlig‘i va 2020 yildan hozirga qadar Milliy Gvardiya qo‘mondoni lavozimlarida ishlagan.

Rustam Jo‘rayev IIVga o‘tib, uning bo‘shab qolgan o‘rnini 2020 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir Hamidovich Toshmatov egalladi.

xamidov

Bahodir Hamidovich Toshmatov


Bahodir Toshmatov shu kungacha Mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, Milliy gvardiya qo‘mondoni sifatida ishlagan. 2018–2020 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan.

2023 yildan bugungacha Farg‘ona viloyati IIBni boshqargan Azizbek Israilovich Ikromov Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. U Farg‘ona viloyati IIBga rahbar bo‘lishidan avval 2021 yildan 2023 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Kadrlar departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

ikromov

Azizbek Israilovich Ikromov


Azizbek Ikromovga berilgan lavozimni shu vaqtgacha egallab kelgan Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev lavozimidan olib, Prezidentning tegishli farmoni va qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

botir

Botir Qudratxo‘jayev


Botir Qudratxo‘jayev muqaddam Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori, Toshkent shahar prokurori, Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Xorazm viloyati prokurori va Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror lavozimlarida ishlagan.

tursunov

Rustam Tursunov


Davlatga tegishli 186 milliard so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanib qamoqda saqlanayotgan Rustam Tursunovning bo‘sh qolgan o‘rni to‘ldi. Bu – IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti rahbari lavozimi.

umarxonov

Azizxon Sharipxonevich Umarxonov


2021 yil 2-avgustdan buyon Toshkent shahri Olmazor tumaniga rahbarlik qilgan Azizxon Sharipxonevich Umarxonov Prezident farmoyishi bilan Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Umarxonov Olmazor tumaniga hokim bo‘lgunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

rahmatullayev

Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev


Shuningdek, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Davron Abitovich Nazarmuxamedovlar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

photo_2026-01-28_18-48-43

Davron Abitovich Nazarmuxamedov


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Diyorbek Nematjonovich Sattorov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bugungacha Sattorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti sho‘ba mudiri lavozimida ishlagan.

mirzayev

Rustam Ravshanovich Mirzayev


Shu vaqtga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Rustam Ravshanovich Mirzayev lavozimidan ozod etilgan va Ichki ishlar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Teglar

Mavzuga oid