
Kuvayt va Saudiya Arabistoni yangi neft konlarini ochdi
27.05.2025 | 10:2045442
Kuvayt va Saudiya Arabistoni neytral hududda yangi neft konini aniqladi. Bu 2020 yildan beri birinchi bor qo‘shma ishlab chiqarish hududidagi muhim topilma bo‘lib, ikki mamlakatning global energiya yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Neytral hudud 1922 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv asosida tashkil etilgan bo‘lib, 5,7 ming kvadrat kilometr maydonni qamrab oladi.
Yangi koni Vafra neft konining shimolida, Vara-Burgan hududida joylashgan. Bu 2020 yilda qo‘shma ishlab chiqarish qayta boshlanganidan beri birinchi bor aniqlangan kon hisoblanadi.
1970 yilda Kuvayt va Saudiya Arabistoni neytral hududni o‘z hududlariga taqsimlab, neft resurslaridan birgalikda foydalanishga kelishib olgan. Bu hududdagi Vafra va Xafji konlari o‘rtacha 500 ming barrel neft qazib chiqarish quvvatiga ega.
2014–2015 yillardagi kelishmovchiliklar tufayli bu hududda neft qazib chiqarish to‘xtatilgan edi. Biroq, 2020 yil iyulida qazib chiqarish qayta tiklandi.
Yangi konning ochilishi ikki mamlakatning energiya sohasidagi hamkorligini mustahkamlab, ularning xalqaro neft bozoridagi nufuzini oshiradi.





