add

Laslo Krasnaxorkay adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

09.10.2025 | 20:0029764

Shved akademiyasi adabiyot sohasidagi 2025 yilgi Nobel mukofotini «apokaliptik dahshat ichida ham san’at kuchi ustuvorligini ko‘rsatgan asarlari uchun» vengriyalik yozuvchisi Laslo Krasnaxorkayga topshirdi.

Laslo Krasnaxorkay adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi
2025 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchisi Laslo Krasnaxorkayga nasib etdi. Bu haqda 9 oktyabr kuni Shvetsiya akademiyasi ma’lum qildi. Mukofot miqdori 11 million shved kroni(taxminan 1,2 million dollar)ga teng. Akademiyaning doimiy kotibi Mats Malmning ta’kidlashicha, Krasznaxorkay «halokat va dahshat muhitida ham inson va san’at qudratiga ishonchni qayta tiklay olgan ilhomli va vizioner ijodi uchun» mukofotga munosib deb topilgan. Nobel mukofoti 1901 yildan buyon Shvetsiyalik ixtirochi va sanoatchi Alfred Nobel vasiyati asosida adabiyot, ilm-fan va tinchlik sohalarida berib kelinadi. Krasznaxorkay bu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan 122-navbatdagi laureat hisoblanadi. Ilgari bu mukofotga Uinston Cherchill (1953), O‘rxon Pomuq (2006), hamda Norvegiyalik yozuvchi Yun Fosse (2023) kabi mashhur shaxslar ham sazovor bo‘lgan. O‘tgan yilgi mukofot janubiy koreyalik yozuvchi Han Kanga berilgan edi — u tarixda bu sovrinni olgan ilk koreyalik va 18-nafar ayol bo‘lgan. Nobel adabiyot mukofoti tanlovlari ko‘p bor bahslarga sabab bo‘lgan. Masalan, 2016 yilda amerikalik qo‘shiqchi Bob Dilanning tanlanishi adabiyot ahli tomonidan tanqid qilingan, 2019 yilda esa avstriyalik Piter Xandke nagradasi atrofida siyosiy tortishuvlar kuzatilgan. Shvetsiya akademiyasi ayrim hollarda «snobizm» va «amerikaga qarshi kayfiyat»da ayblanib kelgan bo‘lsa-da, Nobel mukofoti dunyoning eng nufuzli adabiy sovrinlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga Jon Klark, Mishel Devor va Jon Martinis kvant mexanikasi sohasidagi kashfiyotlari uchun sazovor bo‘ldi. Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari amerikalik olimlar Meri Brunkov va Fred Ramsdell hamda yaponiyalik Shimon Sakaguchi inson tanasini o‘z immun tizimidan himoya qiluvchi periferik tolerantlik mexanizmlarini tadqiq etgani uchun loyiq deb topilgan edi. Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti metalloorganik karkaslar yaratgan olimlar — yapon olimi Susumu Kitagava, britaniyalik Richard Robson va iordaniyalik Omar Yagilga berilgan.

Teglar

Mavzuga oid