add

Lyuksemburg dunyodagi eng boy mamlakat deb e’lon qilindi

20.07.2025 | 19:0025103

Lyuksemburg 2025 yil reytingiga ko‘ra, dunyodagi eng boy davlat sifatida e’tirof etildi. Mamlakat aholisi o‘rtacha oylik 6750 yevro atrofida daromad oladi. Maxsus soliq siyosati va xorijiy sarmoyaga ochiq iqtisodiyot ushbu natijaga olib kelgan.

Lyuksemburg dunyodagi eng boy mamlakat deb e’lon qilindi

Uniwide va Easybiz tahliliy manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, eng boy uchta mamlakat — Lyuksemburg, Singapur va Irlandiya — 2025 yilda turmush darajasi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ularning umumiy jihati — yuqori texnologik salohiyat, kam soliq, investorlar uchun qulay muhit va kuchli xizmat ko‘rsatish sektori.

Ajablanarlisi shundaki, Lyuksemburg tabiiy resurslarga boy emas — u neft yoki gaz eksportiga tayanmaydi. Mamlakatda soliqlar past, qonunchilik barqaror va investitsiyalar uchun juda qulay muhit yaratilgan. bugungi kunda Lyuksemburg YAIMning 90 foizini xizmat ko‘rsatish sohasi ta’minlaydi. Mamlakatda o‘rtacha maosh — oyiga 6 750 yevro. Eng kam ish haqi esa 2 500 yevro atrofida.

Ikkinchi o‘rinda — Singapur. Bu davlat-qal’a 1950-yillarda qashshoq hudud bo‘lgan bo‘lsa-da, bosh vazir Li Kuan Yu siyosati natijasida dunyodagi eng texnologik markazlardan biriga aylandi. Soliqlar kam, korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rilgan, ta’lim va fanga sarmoya kiritilgan. Uchinchi o‘rinni Irlandiya egalladi. Yevropadagi yuqori darajadagi iqtisodiy o‘sish aynan bu mamlakatda kuzatilmoqda. Meta, Apple, Pfizer, Intel va Microsoft kabi korporatsiyalar bu yerda o‘z ofislarini ochgan. Bunda niz soliq siyosati, ingliz tilining keng tarqalganligi va Yevropa Ittifoqi a’zoligi muhim rol o‘ynagan.  

Teglar

Mavzuga oid

Lyuksemburg dunyodagi eng boy mamlakat deb e’lon qilindi | Vaqt.uz