add

Madaniy meros ob’ektlari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi

14.07.2025 | 12:4549063

2025 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekistonda madaniy meros ob’ektlari va ularga tutash hududlar elektron auksion orqali uzoq muddatga ijaraga beriladi. Bu orqali ob’ektlarni saqlash, obodonlashtirish va samarali foydalanish maqsad qilingan.

Madaniy meros ob’ektlari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi
Vazirlar Mahkamasining yangi qaror loyihasiga ko‘ra, davlat mulki hisoblangan madaniy meros ob’ektlari va ularga tutash yerlar yuridik hamda jismoniy shaxslarga elektron savdo platformasi — E-auksion orqali ijaraga beriladi. Bu tizim 2025 yil 1 iyuldan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. Ijaraga berishda ijaraga oluvchilar ob’ektlarni saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini zimmasiga olishi talab etiladi. Savdolar Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga asosan o‘tkaziladi. Ijara shartnomalari uch tomonlama tartibda — ijaraga oluvchi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Madaniy meros agentligi huzuridagi maxsus direksiya o‘rtasida tuziladi. Direksiya shartnomalar bajarilishi, ijara to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va ob’ektlarning saqlanishi ustidan nazorat olib boradi. Bundan tashqari, direksiya davlat balansida bo‘lgan foydalanilmayotgan madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, hisobga olish, ularni ijaraga berish va tushumlarni monitoring qilish vazifalarini ham amalga oshiradi. Loyiha madaniy merosni himoya qilish hamda iqtisodiy foyda olishni birgalikda ta’minlashni maqsad qilgan. Hozirda mazkur qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.

Teglar

Mavzuga oid