add

Maduro 200 mlnga ketishni taklif qilgan, Tramp ko‘nmagan — The Telegraph

Bugun 22:372202 daqiqa

The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, Venesuela rahbari Nikolas Maduro o‘z istefosi uchun 200 mln dollar, to‘liq amnistiya va Kubaga chiqishni talab qilgan, ammo Tramp bu shartlarni qabul qilmagan.

Maduro 200 mlnga ketishni taklif qilgan, Tramp ko‘nmagan — The Telegraph

The Telegraph nashrining yozishicha, AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan bosimni keskin kuchaytirar ekan, Vashington uning mansabdan ketishini ta’minlash uchun bir qator qadamlarni amalga oshirmoqda. Administratsiya shu maqsadda Maduroni qo‘lga olishga olib keladigan ma’lumot uchun mukofot miqdorini 15 mlndan 50 mln dollargacha oshirdi. AQSH Maduroni rasman «terrorchilik tashkiloti rahbari» sifatida belgiladi va mintaqadagi harbiy ko‘lamini ham sezilarli ravishda kengaytirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH qo‘shinlari Venesuela qirg‘oqlariga yaqin hududda narkokanallarga aloqador deb baholangan kemalarga zarbalar berdi. Bu harakatlar Vashingtonning Karakasga nisbatan yondashuvi tubdan o‘zgarganini ko‘rsatmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan keskin telefon muloqoti chog‘ida Donald Tramp Maduroga va uning oilasiga Karakasni darhol tark etish sharti bilan xavfsiz chiqish kafolati taklif etgan. Biroq bu taklif qabul qilinmadi: Maduro AQSHdan o‘z istefosi evaziga yuridik amnistiya, 100 dan ortiq mansabdorga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish, 200 mln dollar to‘lov va Kubaga chiqish imkonini talab qildi.

Tramp bu shartlarni «qabul qilib bo‘lmas» deya baholab, rad etdi. Shundan so‘ng Maduro Karakasta tarafdorlar oldida namoyishkor miting o‘tkazib, sahnada raqsga tushgani qayd etilgan. Bu harakat, tahlilchilar fikricha, ichki auditoriyaga qaratilgan siyosiy signal sifatida talqin qilinmoqda.

AQSH va Venesuela o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashar ekan, ekspertlar Vashingtonning maqsadi Maduroni tan olinmagan prezident sifatida xalqaro maydondan siqib chiqarish va Karakasda siyosiy tranzitni rag‘batlantirish ekanini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid