add

Maduro, neft va geosiyosat: dunyo tartibi parchalanayaptimi? – Fikr vaqti

06.01.2026 | 16:251 daqiqa

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida Venesuyela prezidentining o‘z qarorgohidan olib ketilishi, bu AQSHga nima uchun zarurligi va voqealarning kelgusidagi ehtimoliy ssenariylari haqida so‘z bordi.

3-yanvar tongini dunyo jamoatchiligi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan yangiliklar bilan qarshiladi. Bu safar gap oddiy bayonot yoki diplomatik mojaro haqida emas – AQSH Venesuyela hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya davomida AQSHning elita harbiy bo‘linmasi – “Delta kuchlari” amaldagi prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Silia Floresni qo‘lga olib, mamlakatdan olib chiqib ketdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ular Nyu-Yorkda “narkoterrorizm”da til biriktirish, kokain olib kirish, shuningdek, AQSHga qarshi foydalanish maqsadida qurol-yarog‘ va portlovchi qurilmalarni saqlashda ayblanmoqda. Biroq ushbu ayblovlardan ham muhimroq savol bor: bir davlat rahbarini boshqa davlat harbiy kuchi qanday qilib va qaysi huquq bilan olib ketdi?

Prezidentni o‘z qarorgohidan deyarli qarshiliksiz olib chiqib ketish operatsiyasi qanday amalga oshdi? Maduroni aynan hozir olib ketish kim uchun va nima uchun zarur edi? Bu voqea Venesuyela suverenitetining amalda inkor etilishimi yoki xalqaro huquqning yangi, xavfli talqinimi?

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida aynan shu savollarga javob izlanadi. Dasturda, shuningdek, bugungi kunda Eronda mamlakat rahbariyatiga qarshi davom etayotgan namoyishlar va mintaqaviy beqarorlik xavfi ham muhokama qilindi. Dastur mehmoni – siyosatshunos Rafayel Sattorov bo‘ldi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 24

Barchasi

Mavzuga oid