add

«Mahalla servis» kompaniyalari daromadlari va ish haqlari soliqdan ozod etildi

27.06.2025 | 12:403553

O‘zbekistonda «Mahalla servis» kompaniyalari va ularning xodimlari uchun yangi soliq imtiyozlari joriy etildi. Shu bilan birga, soliq tizimi yanada soddalashtirildi va ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish tartibi yengillashtirildi.

«Mahalla servis» kompaniyalari daromadlari va ish haqlari soliqdan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Huquqiy axborot kanali ma’lumotiga ko‘ra, yangi qonun soliq tizimida bir qator yangiliklarni o‘z ichiga oldi. Qonunga muvofiq, «Mahalla servis» kompaniyalarining obodonlashtirish ishlaridan va aholiga ko‘rsatiladigan ayrim ijtimoiy xizmatlardan oladigan daromadlari soliq bazasiga kiritilmaydi. Shuningdek, bu kompaniyalar xodimlarining ish haqi bo‘yicha jismoniy shaxslar daromad solig‘i hisoblanmaydi. Ushbu kompaniyalarga ajratilgan yer uchastkalari ham yer solig‘idan ozod qilinadi. Yangi tartibga ko‘ra, ortiqcha undirilgan soliqlarni soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlariga hisobga olish 3 kun ichida amalga oshiriladi. Bu jarayon yozma yoki elektron ariza asosida bajariladi. Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohasida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha soliq hisobotlari avtomatik tarzda «Suv hisobi» axborot tizimi orqali shakllantiriladi. Shuningdek, Jizzax viloyatining Sharaf-Rashidov tumani va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat hududlari 2026 yil 1 yanvarga qadar mulk, yer va suvdan foydalanish soliqlaridan ozod qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

«Mahalla servis» kompaniyalari daromadlari va ish haqlari soliqdan ozod etildi | Vaqt.uz