add

Makron NATO sammitida Rossiya bilan muloqotga qaytish lozimligini aytdi

26.06.2025 | 09:2023153

Fransiya prezidenti Yevropa Ittifoqi davlatlarini xavfsizlik tizimini qayta ko‘rib chiqish va Rossiya bilan ehtimoliy muloqot shartlarini belgilab olishga chaqirdi.

Makron NATO sammitida Rossiya bilan muloqotga qaytish lozimligini aytdi
25 iyun kuni Haagada o‘tkazilgan NATO sammitida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlarini Rossiya bilan aloqalarni qayta yo‘lga qo‘yish ehtimoli haqida o‘ylashga chaqirar ekan, yangi xavfsizlik arxitekturasi haqida mulohaza yuritish vaqti kelganini bildirdi. Uning fikricha, Ukrainadagi urush ortidan uzilgan muloqotni qayta tiklash uchun Yevropa Ittifoqi aniq shartlar va mezonlarni ishlab chiqishi kerak. Bu, xususan, Qora dengizdan to Arktikagacha bo‘lgan hududda xavfsizlikni ta’minlashni, qurollanishni cheklash va ishonchni tiklash borasida Rossiya bilan ehtimoliy muloqotni qamrab oladi. Shu bilan birga, Makron Yevropani qurol zaxirasini oshirishga chaqirdi. Unga ko‘ra, Rossiya bilan qurollanish darajasidagi farqni kamaytirish muhim, chunki hozirgi sharoitlarda xavfsizlik kafolatlari sovuq urush davridagi kabi qurol tarqalishini cheklash va uning hajmini nazorat qilish mexanizmlarini ham o‘z ichiga olishi lozim. Sammit yakunlariga ko‘ra, NATOga a’zo 32 davlat tomonidan qabul qilingan bayonotda Rossiya Yevroatlantika xavfsizligiga uzoq muddatli tahdid sifatida belgilandi. Shu sababli, alyans mamlakatlari 2035 yilgacha mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirishga kelishib oldi. Bu ko‘rsatkich avval 2 foiz etib belgilangan edi. Ta’kidlash joiz, NATO bu qarorni xavfli geosiyosiy vaziyat va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfining ortib borayotgani munosabati bilan qabul qilgan.

Teglar

Mavzuga oid