add

Mamlakat bo‘ylab kuchli shamol va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin — O‘zgidromet

Kecha 09:523041

O‘zgidromet 31 oktyabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi ogohlantirib, aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘radi.

Mamlakat bo‘ylab kuchli shamol va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin — O‘zgidromet

31 oktyabr kuni O‘zbekistoning bir nechta viloyatlarida shamol tezligi kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirdi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli yuqori.

Poytaxtda ham shamol tezligi sekundiga 10–12 metrgacha kuchayishi va havoda chang ko‘tarilishi kutilmoqda.

Meteorologlar aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni, ayniqsa, ochiq havoda faoliyatni qisqartirishni tavsiya etmoqda.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bunday sharoitda nafas olish tizimiga zarar yetmasligi uchun fuqarolar ko‘chada niqob taqishlari, uy eshik va oynalarini yopiq tutishlari kerak.

«Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.» — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabrda boshlab O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘ va tog‘oldi hududlarida qor yog‘ish ehtimoli bor.

Teglar

Mavzuga oid