add

«Manchester Siti» Abduqodir Husanovning kelajagi borasida bir qarorga keldi

01.08.2025 | 19:1531892

«Shaharliklar»ning o‘zbekistonlik markaziy himoyachi bo‘yicha rejalari ma’lum qilindi.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanovning kelajagi borasida bir qarorga keldi
Angliyaning yetakchi klublaridan biri — «Manchester Siti» o‘zbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Husanovning kelajagi borasida qaror qabul qildi. Jamoa rahbariyati uni kelayotgan mavsumda asosiy tarkibda olib qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Saymon Baykovskiyga tayanib, «Euro-football» xabar tarqatdi. Ma’lum qilinishicha, klub yosh himoyachining imkoniyatlariga ishonch bildirmoqda va unda katta istiqbol ko‘ryapti. 21 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham to‘p surib keladi. U joriy yilning yanvar oyida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti» safiga o‘tgan va shu paytgacha 10 ta uchrashuvda ishtirok etgan va bitta gol muallifiga aylangan. Husanovning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar tuzilgan. Avvalroq, Husanov so‘nggi paytlarda asosiy tarkibga kira olmayotgani va klub rahbariyati futbolchini vaqtinchalik ijaraga berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

Mavzuga oid