
Mariya Zaxarova O‘zbekistonning Rossiyaga nodo‘stona davlatlar bilan aloqalari yuzasidan bayonot berdi
29.08.2025 | 22:249444
Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti Putin bilan munosabatlari keskinlashgan Ilhom Aliyevning siyosatini maqtagandi va Zelenskiyni Ukrainaning mustaqillik kuni bilan tabriklagandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova jurnalistning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kiyev va Boku haqida bildirgan fikrlari to‘g‘risidagi savoliga javob berar ekan, O‘zbekistonni mustaqil va suveren davlat ekanini aytdi. Bu haqda «Lenta.ru» nashri xabar berdi.
«Men O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat ekanligini ta’kidlab, eslatib o‘tmoqchiman. U o‘z tashqi siyosatini mustaqil ravishda belgilaydi va olib boradi. Bu siyosat, jumladan, yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik va samarali aloqalarni har tomonlama mustahkamlash hamda rivojlantirishga qaratilgan», - deya u so‘zlarini yakunladi.
Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevning siyosatini maqtagan edi. Shuningdek, janob Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, bunga javoban Zelenskiy Kiyevni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Zaxarovaning aytishicha, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik maqomiga ega bo‘lib, do‘stona va o‘zaro manfaatli xususiyat kasb etadi.
Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashayotgan bir paytda ozarbayjonlik mavqedoshining olib borayotgan siyosatini maqtagan edi. Shuningdek, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, bunga javoban Zelenskiy Kiyevga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Zaxarova xonimning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishi yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan do‘stona hamda konstruktiv munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan. U Moskva va Toshkent o‘rtasidagi aloqalar keng qamrovli strategik sheriklik maqomiga ega ekanligini alohida qayd etdi.





