add

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 13 bankka jarima soldi

20.06.2025 | 09:4011933

2025 yil may oyida Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan banklar va moliya tashkilotlariga doir 37 ta masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishlar natijasida ro‘yxatga olish, ruxsat berish va moliyaviy barqarorlikka oid bir qator qarorlar qabul qilindi.

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 13 bankka jarima soldi
Qo‘mitaning asosiy muhokamalaridan biri — 18 ta masala ro‘yxatga olish va litsenziyalash sohasiga taalluqli bo‘ldi. Jumladan, mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va chiqarish, ustavlardagi o‘zgarishlarni tasdiqlash hamda bank rahbariyati tarkibini ko‘rib chiqish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, 19 ta masala kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga bag‘ishlandi. Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlariga rioya qilinishi, banklar tomonidan belgilangan rejalarning ijrosi tahlil qilindi. Unda ayrim banklar tomonidan muammoli kreditlarni kamaytirish ishlari yetarlicha amalga oshirilmayotgani qayd etildi. Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, 17 ta tijorat bankiga nisbatan chora-tadbirlar ko‘rish va sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha ogohlantiruv berildi. Bu banklar ustav kapitali to‘g‘risidagi talablarga to‘liq rioya qilmagan va muammoli aktivlarni bartaraf etish bo‘yicha rejalarni bajarmagan. Tekshiruvlar davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 13 ta bankga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Markaziy bankning ma’lum qilishicha, kelgusi yig‘ilishlarda ushbu banklarga rasmiy sanksiyalar tatbiq etilishi mumkin. Bu yig‘ilish Bank nazorati qo‘mitasining moliya tizimida barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasidagi muhim bosqich bo‘ldi, deyiladi Markaziy bank xabarida.  

Teglar

Mavzuga oid

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 13 bankka jarima soldi | Vaqt.uz