add

Markaziy Osiyo davlatlaridagi fuqarolik pasportlari: qaysi biri kuchliroq?

22.07.2025 | 13:3019816

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab fuqarolarning erkin harakatlanish huquqi, vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda boshqa davlatlarga kirish imkoniyati, ya’ni pasport kuchi – global tengsizlik va davlatlarning geosiyosiy mavqeini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biriga aylandi.

Markaziy Osiyo davlatlaridagi fuqarolik pasportlari: qaysi biri kuchliroq?
Henley & Partners tomonidan tuziladigan Henley Passport Index (HPI) — fuqarolik pasportlari orqali qaysi davlatlar vizasiz yoki oddiylashtirilgan tartibda sayohat qilish imkonini berishini ko‘rsatadigan xalqaro reyting. Har yili yangilanadigan bu indeks pasport egasining global harakatchanlik darajasini ifodalaydi: pasport kuchli bo‘lsa – egasiga imkoniyatlar keng bo‘ladi.

2025 yil global reytingi: kuchli uchlik

  • Singapur — 195 davlatga;
  • Yaponiya — 193 davlatga;
  • Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya — har biri 192 davlatga;
  • AQSH esa 186 davlatga vizasiz yoki chegara punktida viza bilan kirish mumkin.

Markaziy Osiyo: 5 yillik pasport reytingi tahlili (2021–2025)

So‘nggi besh yil ichida mintaqa davlatlari pasportlarining global pozitsiyasi asta-sekin o‘zgarib bordi. Quyidagi tahlil Henley Passort Index  asosida 2021–2025 yillarda qayd etilgan o‘zgarishlarga asoslangan. [caption id="attachment_10010" align="aligncenter" width="620"]Foto passport1 Foto: Progressiv islohotlar markazi[/caption]  

O‘zbekiston

Mintaqada eng katta siljishni amalga oshirgan davlat. 2021 yilda 92-o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston 2025 yilga kelib 77-o‘ringa ko‘tarildi – bu 15 pog‘onalik sezilarli o‘sishdir. Bu natija O‘zbekistonning faol tashqi siyosati, e-visa tizimi va vizasiz rejimlarni joriy etishi bilan izohlanadi. Masalan, Tailand, Serbiya va BAA bilan yangi imkoniyatlar ochildi.

 

Qozog‘iston

Hali ham mintaqadagi eng kuchli pasportga ega. 2021 yilda 75-o‘rinda bo‘lgan pasport 2022 yilda 68-o‘ringa chiqdi, biroq 2025 yilga kelib 67-o‘rinda turibdi. So‘nggi yillarda o‘sish sur’ati sekinlashgan bo‘lsa-da, Qozog‘iston ilgari surilgan pozitsiyasini saqlab qolmoqda.

 

Qirg‘iziston

Barqaror o‘sishga erishgan. 2021 yilda 86-o‘rinda bo‘lgan Qirg‘iziston 2025 yilga kelib O‘zbekiston bilan bir xil — 77-o‘ringa chiqdi. Bu yuksalish davlatning xalqaro vizaviy kelishuvlar borasidagi faolligini ko‘rsatadi.

 

Tojikiston

2021 yildan 2024 yilgacha reytingi 90-o‘rindan 81-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa-da, 2025 yilda 84-o‘ringa tushgan. Bu pasayish so‘nggi yillarda yangi vizasiz rejimlar joriy etilmaganidan dalolat beradi.

 

Turkmaniston

Mintaqada eng yopiq vizaviy siyosat yuritayotgan davlat. 2021 yilda 96-o‘rinda turgan pasport 2025 yilga kelib 89-o‘ringa chiqdi. Bu 7 pog‘onalik sust o‘sish bo‘lib, 2023 yildan beri deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Past ko‘rsatkich davlatning tashqi ochiqligi darajasi yaxshi emasligidan darak beradi.

 

Yillik reyting o‘zgarishlari: 2021–2025

  • O‘zbekiston – +15 pog‘ona;
  • Qirg‘iziston – +9 pog‘ona;
  • Qozog‘iston – +8 pog‘ona;
  • Turkmaniston – +7 pog‘ona;
  • Tojikiston – +6 pog‘ona (2025 yilda pasayish bilan).
Markaziy Osiyo davlatlarining pasport kuchi o‘smoqda. O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqaro reytingda jadal o‘sishga erishmoqda. Qozog‘iston yetakchi pozitsiyani saqlab qolmoqda, biroq sur’at pasaygan. Tojikiston va Turkmaniston esa global harakatchanlik reytingida orqada qolmoqda. Umuman olganda, mintaqa global ochiqlikka intilmoqda, biroq bu yo‘ldagi taraqqiyot har bir davlatda turlicha kechmoqda. Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid