add

Markaziy Osiyo havosi odamlarni o‘ldirmoqda. Jahon banki tahlil e’lon qildi

25.06.2025 | 14:3026543

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda har yili 65 mingdan ortiq inson havoning ifloslanishi tufayli erta vafot etadi. Iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga 15–21 milliard dollarni tashkil etib, bu mintaqaning yalpi ichki mahsulotining 5 foizigacha teng.

Markaziy Osiyo havosi odamlarni o‘ldirmoqda. Jahon banki tahlil e’lon qildi
Markaziy Osiyo mamlakatlarida havoning ifloslanishi inson salomatligiga hamda iqtisodiyotga katta zarar yetkazmoqda. Jahon bankining «Markaziy Osiyoda havo sifati boshqaruvi» tahliliga ko‘ra, mintaqada har yili mayda zarracha PM2.5 tufayli 65 mingdan ortiq kishi hayotdan erta ko‘z yumadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, iflos havo sababli iqtisodiy yo‘qotishlar yillik 15,2–21,7 milliard dollarga yetmoqda. Bu raqam mintaqaning umumiy yalpi ichki mahsulotining 3–5 foiziga tengdir. Havo sifati barcha mamlakatlarda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Xususan, hozirgi kunda mintaqadagi eng yirik shaharlarda PM2,5 mayda zarrachalarining o‘rtacha yillik konsentratsiyasi JSST me’yoridan 6-12 baravar yuqori. Dushanbe havosidagi PM2.5 konsentratsiyasi 54,6 mkg/m³ ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent — 40,3 mkg/m³, Bishkek — 32,5 mkg/m³, Olmaota va Ostona — 30 mkg/m³, Ashxobod — 19,2 mkg/m³ ko‘rsatkichlar bilan joy olgan. Asosiy ifloslanish manbalari sifatida uy xo‘jaliklarida qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin) yoqilishi, avtotransport, sanoat korxonalari va tabiiy chang ko‘rsatilgan.

Teglar

Mavzuga oid