add

Mask Trampni bolalarga nisbatan jinsiy ekspluatatsiyada aybladi

06.06.2025 | 09:3036743

Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasidagi ziddiyat yangi bosqichga chiqdi — SpaceX asoschisi AQSH prezidentini bolalarga nisbatan jinsiy ekspluatatsiyada aloqadorlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Tramp Jeffri Epshteyn ishi doirasida tilga olingan va shu sabab hujjatlar ommaga e’lon qilinmayapti.

Mask Trampni bolalarga nisbatan jinsiy ekspluatatsiyada aybladi
Mask o‘zining ijtimoiy tarmog‘i X’da Tramp 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonishida hal qiluvchi rol o‘ynaganini bildirdi. «Agar men bo‘lmaganimda, u yutqazgan bo‘lardi», — deb yozdi u. Maskning aytishicha, Trampning g‘alabasi Vakillar palatasi va Senatda kuchlar nisbatini ham o‘zgartirib yuborgan. Bu bayonotlarga javoban, Donald Tramp Truth Social’da Mask bilan bog‘liq barcha davlat subsidiyalari va shartnomalarni tugatish bilan tahdid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSH byudjetiga milliardlab dollar tejam qiladi. Tramp, shuningdek, Maskni DOGE departamenti rahbarligidagi vazifasidan ketgani uchun «aqldan ozgan» deb atadi. Prezident uni hukumatdan ketishini so‘raganini ta’kidlab, Maskni elektromobillar uchun davlat yordamidan mahrum qilganini bildirdi. Ziddiyat 1 iyun kuni Maskning davlat lavozimidan ketishi va Trampning uning yaqin hamkori — SpaceX investori Jared Ayzekman nomzodini NASA rahbarligiga qaytarib olishi bilan boshlandi. 4 iyun kuni esa Mask federal byudjetni «rasvo» deb tanqid qildi. Mask ta’kidlagan Jeffri Epshteyn 2019 yilda qamoqxonada vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. U bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan va AQSH hamda jahon elitasi vakillari u bilan aloqada bo‘lgani taxmin qilingan. Tramp esa o‘zining avvalgi saylov kampaniyasida Epshteyn oroliga tashrif buyurgan shaxslar ro‘yxatini e’lon qilishga va’da bergan, ammo prezidentlikka qaytganidan keyin bu amalga oshirilmagan.

Teglar

Mavzuga oid