add

Mask va Tramp endi dushmanmi? Milliarder Oq uyning soliq loyihasini «rasvo» deb atadi

05.06.2025 | 08:4544994

Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Trampning yangi soliq va xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini keskin tanqid qildi. U bu tashabbusni «rasvo» deb atab, uni qo‘llab-quvvatlaganlarga nisbatan tanqidiy bayonot berdi.

Mask va Tramp endi dushmanmi? Milliarder Oq uyning soliq loyihasini «rasvo» deb atadi
Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida «Bunday qonun uchun ovoz berganlar uyalishi kerak», deb yozdi. U 31 may kuni Tramp ma’muriyatidagi lavozimidan ketgandi. Mask 129 kun davomida xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha DOGE guruhiga rahbarlik qilgan. Kongress hisob-kitoblariga ko‘ra, loyiha kelasi moliyaviy yilda 600 mlrd dollar byudjet tanqisligini keltirib chiqaradi. Mask esa umumiy tanqislik 2,5 trln dollarga yetishi va bu «Amerika fuqarolarini qarz qulligiga tushiradi» deb hisoblaydi. Shunga qaramay, Tramp bu tashabbusni «katta va chiroyli qonun» deb atashda davom etmoqda. U Mask bilan kelishmovchilikka qaramasdan, «u har doim biz bilan bo‘ladi» deb ishonch bildirgan. Mask esa noyabrdagi Kongress saylovlarida «xalqni sotgan siyosatchilar»ni lavozimdan chetlatish lozimligini aytdi. Qonun loyihasi 2017 yilda joriy etilgan soliq imtiyozlarini uzaytirish, noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish xarajatlarini oshirish, mudofaa sarflarini ko‘paytirish va davlat qarzining yuqori chegarasini 4 trln dollargacha oshirishni nazarda tutadi. Fiskal konservatorlar, jumladan senator Rend Pol bu tashabbusni qabul qilib bo‘lmas deb baholashdi. Senatda muhokama boshlangan, respublikachilar partiya yetakchisi Jon Tun «batafsil harakatda davom etamiz» deb bayonot berdi. Palata spikeri Mayk Jonson, o‘zini Maskning «do‘sti» deb atab, telefon orqali suhbatlashganini va «u xato qilayotganidan afsusdaligini» aytdi. Qonun 4 iyulgacha qabul qilinishi lozim. Tramp byudjet muholiflarini tinchlantirish uchun xalqaro yordam va USAID, PBS, NPR orqali 9,4 mlrd dollar tejamkorlik rejasini taklif qildi. Bu orada demokratlar Maskning tanqidini olqishladi. Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer: «Hatto Trampning ittifoqchisi Mask ham bu qonunning yomon ekanini tan oldi», — dedi.

Teglar

Mavzuga oid