add

MB: go‘sht 25 foiz qimmatladi, shaftoli 28 foizga arzonlagan

Bugun 16:552251

Markaziy bank 2025 yil oktabr oyida oziq-ovqat narxlarining yillik o‘zgarishi tahlilini taqdim qildi.

MB: go‘sht 25 foiz qimmatladi, shaftoli 28 foizga arzonlagan

Unga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksidagi 170 turdagi mahsulotlardan 150 tasi (ya’ni 88 foizi) bo‘yicha yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan. Bu iqtisodiyotda umumiy narx barqarorligi saqlanayotganini anglatadi.

photo_2025-11-11_15-51-09

Eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar

Yil davomida suyaksiz mol go‘shti 25,3 foizga, karam 24,7 foizga, mol go‘shti (suyakli) 24,2 foizga, kungaboqar yog‘i 22,6 foizga, piyoz 18,9 foizga, kartoshka 17,9 foizga oshgan. Bu mahsulotlar asosan ichki bozorda mavsumiy omillar, ishlab chiqarish xarajatlari va tashqi bozordagi narxlar ta’sirida qimmatlagan.

Arzonlashgan mahsulotlar

Yillik hisobda narxi pasaygan tovarlar ro‘yxatida asosan mevalar va don mahsulotlari bor. Jumladan, shaftoli 28,7 foiz, tarvuz 21,8 foiz, bulg‘or qalampiri 19,7 foiz, guruch 18 foiz, bodring 17 foiz, banan 15,1 foiz arzonlagan. Bu mahsulotlardagi arzonlashish mavsumiy hosil miqdorining ko‘pligi va importi narxlarining pasayishi bilan izohlanadi.

Teglar

Mavzuga oid

MB: go‘sht 25 foiz qimmatladi, shaftoli 28 foizga arzonlagan | Vaqt.uz