add

Medvedev Trampning bayonotiga javob berdi: «Eng yomon narsa – bu uchinchi jahon urushi»

Rossiya Xavfsizlik kengashi rais o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSH prezidenti Donald Trampning Vladimir Putin haqidagi bayonotiga javob qaytardi.

Medvedev Trampning bayonotiga javob berdi: «Eng yomon narsa – bu uchinchi jahon urushi»
Avvalroq Tramp ijtimoiy tarmoqdagi chiqishida, agar u bo‘lmaganida, Rossiya bilan bog‘liq «juda yomon voqealar» allaqachon yuz bergan bo‘lardi, deb aytgan va Putinni «o‘t bilan o‘ynashyotgan» shaxs sifatida tasvirlagan edi. Medvedev esa bu so‘zlarga X (sobiq Twitter) platformasida shunday javob berdi: «Trampning Putin «o‘t bilan o‘ynashyapti» va Rossiyada «juda yomon narsalar bo‘lishi mumkin» degan gaplariga keladigan bo‘lsak, men faqat bitta JUDA YOMON narsani bilaman — bu Uchinchi jahon urushi. Umid qilamanki, Tramp bundan xabardor.» Tramp o‘z bayonotida Rossiya rahbari unga nisbatan jiddiy tahdidni anglamayotganini ta’kidlagan va buni «o‘t bilan o‘ynashish» deb atagan edi.

Teglar

Mavzuga oid