add

«Meni shu yerda o‘ldiringlar». Qirg‘iziston sobiq prezidentning oilasi uyidan haydab chiqarildi

12.09.2025 | 21:4016933

3 iyun kuni sud Qo‘y-Tosh voqealar bo‘yicha hukm chiqargandi. O‘shanda sobiq prezident Almazbek Atamboyev mol-mulki musodara qilinib, davlat mukofotlaridan mahrum qilingan holda 11 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

«Meni shu yerda o‘ldiringlar». Qirg‘iziston sobiq prezidentning oilasi uyidan haydab chiqarildi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev oila a’zolari Atamboyevlar oilasiga tegishli bo‘lgan Qo‘y-Toshdagi uyidan haydab chiqarildi. Bu haqda sobiq prezidentning o‘g‘li Qodir Atamboyev ma’lum qildi. Kichik Atamboyev rasmiylarning harakatlarini noqonuniy, deb atadi. «Meni, onamni va oila a’zolarimni Qo‘y-Toshdagi uyimizdan, ota-bobolarimiz yurtidan, qarindoshlarimiz dafn etilgan joydan atigi 100 metr naridagi uyimizdan noqonuniy ravishda chiqarib, bizni boshpanasiz qoldirmoqchi. Sud ijrochilari kelishdi», - deya yozgan u Facebook'dagi sahifasiga. Unga ko‘ra, oilasi bilan birga Oliy sud va Konstitutsiyaviy palataga murojaat qilishni rejalashtirgan. Hukumat Atamboyevga tegishli Sotsial-demokratlar partiyasi qarorgohi va 2010 yil 7 aprel inqilobi boshlangan «"Media Forum» musodara qilmoqchi. «Bu mutlaq o‘zboshimchalikdir. Biz Oliy sudga ham, Konstitutsiyaviy palataga ham murojaat qilamiz. Hatto shahar sudi jarayoni ham tugallanmagan. Shunday bo‘lsa-da, sud ijrochilari yuqoridan berilgan ko‘rsatmaga asosan o‘z noqonuniy harakatlarini boshlashmoqda. Meni shu yerda o‘ldiringlar. Chet elga chiqishimga, hatto davolanayotgan otam bilan uchrashishimga ham ruxsat bermayapsizlar. Mamlakat ichida esa uyimni tortib olyapsizlar. Nahotki men Aydar Akayev, Maksim Bakiyev, Rustam Japarov va Taymuras Tashiyevdan ham yomonroq bo‘lsam?!», - deya yozgan u.

Teglar

Mavzuga oid