add

Metan «zapravka»larga cheklov qo‘yilgani rostmi?

12.10.2025 | 20:496762

Metan gaz quyish shoxobchalariga limit joriy etilgani haqidagi xabarlar asossiz ekani ma’lum qilindi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ayni paytda barcha «zapravka»lar odatdagi tartibda ishlamoqda.

Metan «zapravka»larga cheklov qo‘yilgani rostmi?
«Hududgazta’minot» AJ ma’lumotiga ko‘ra, kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz ta’minoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida profilaktik ta’mirlash ishlari o‘tkazilgan. Shu sababli ba’zi gaz to‘ldirish shoxobchalarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan, ammo bu holat tizimli cheklov bilan bog‘liq emas. Kompaniya ma’lumotida qayd etilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha metan «zapravka»lar belgilangan shartnoma asosida tabiiy gaz bilan ta’minlanmoqda. Gaz ta’minoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar orqali ularga zarur hajmda gaz yetkazib berilayapti. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 9 dekabr kuni metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu yil esa bunday holat kuzatilmayapti.

Teglar

Mavzuga oid