add

Microsoft sun’iy intellekt sabab 7 ming xodimni qisqartirdi

14.05.2025 | 13:403713

Microsoft o‘zining AI strategiyasiga e’tiborni kuchaytirish maqsadida 7 ming xodimni qisqartirishga qaror qildi. Bu ish o‘rinlarining taxminan 3 foizini tashkil etadi.

Microsoft sun’iy intellekt sabab 7 ming xodimni qisqartirdi
Forbes xabariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi 2025 moliyaviy yilida sun’iy intellektga qaratiladigan yirik sarmoyalar fonida umumiy xodimlar sonining 3 foizini tashkil etuvchi 7 ming nafar xodimni ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Reutersʼning xabar berishicha, bu qaror sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘zidan ko‘ra, kompaniyaning yangi AI tashabbuslariga yo‘naltirilgan sarmoyalari bilan bog‘liq. Microsoft rahbari Satya Nadella kompaniyani «AI distillyatsiya zavodi» deb atab, kompaniya katta til modellarini ixtisoslashtirilgan hamda vazifaga yo‘naltirilgan modellarga aylantirishni maqsad qilganini ta’kidlagan. U AI’ni «demokratiyalashtirish» konsepsiyasi orqali barcha soha va odamlarga yetkazishga intilmoqda. Microsoft AI qobiliyatlarini o‘zining asosiy mahsulotlariga — Microsoft 365, Azure va Dynamics365 — keng joriy qilmoqda. Bu orqali kompaniya korporativ mijozlarga yo‘naltirilgan qulay AI platformalarini taqdim etishni ko‘zlamoqda. Moliya bozori bu strategiyani ijobiy qabul qildi. Kompaniyaning aksiyalari 2025 yilda 449,26 dollargacha ko‘tarildi — bu yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Qo‘shimcha ravishda, Microsoft 70,07 mlrd dollar miqdoridagi choraklik daromadni e’lon qildi va analitiklarning prognozlaridan oshib tushdi. AI sohasiga kelgusi moliya yilida 80 mlrd dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid