add

Mijozlar uchun yanada arzon qilishga qaratilgan qaror: Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi keskin arzonlashdi

25.06.2025 | 23:0040753

Chevrolet'ning Qozog‘istondagi turli modellari, jumladan, Cobalt va Onix avtomobillari keskin arzonlashdi. Rasmiy distribyutor narx tushishini bozor sharoiti va mijozlar uchun qulaylik bilan izohladi.

Mijozlar uchun yanada arzon qilishga qaratilgan qaror: Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi keskin arzonlashdi
Qozog‘istonda Chevrolet brendiga tegishli avtomobillar narxi keskin tushdi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan nashri xabar berdi. Narxlardagi o‘zgarishlarga mijozlar tomonidan e’tibor qaratilganidan so‘ng, rasmiy distribyutor ham ma’lumotni tasdiqlagan. Xususan, Chevrolet Cobalt’ning Optimum AT komplektatsiyasidagi narxi 8,2 mln tengedan (197 mln so‘m) 7,3 mln tengega (175 mln so‘m) tushgan. Onix’ning mexanik uzatmalar qutisiga ega bazaviy modeli 7 mln tengega (168 mln so‘m) tushirilgan. Shu bilan birga, Tracker krossoverining boshlang‘ich narxi 10 million tenge (240 million so‘m) atrofida belgilangan. Chevrolet'ning Qozog‘istondagi rasmiy vakillari bu o‘zgarishni kompaniyaning narx siyosatini doimiy ravishda qayta ko‘zdan kechirish jarayoni deb atadi. Ular bunday qadam mijozlarga yuqori sifatli avtomobillarni raqobatbardosh narxlarda taklif qilishga qaratilganini ta’kidladi. «Bu o‘zgarishlar mijozlarimiz uchun Chevrolet avtomobillarini yanada qulay va arzon qilishga qaratilgan», - deyiladi rasmiy bayonotda. Shuningdek, ular brendga bo‘lgan ishonchni saqlash va bozorda mustahkam o‘rin egallash muhimligini qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid

Mijozlar uchun yanada arzon qilishga qaratilgan qaror: Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi keskin arzonlashdi | Vaqt.uz