add

Minskdan Moskvaga uchib kelayotgan yo‘lovchi samolyotiga qarata o‘t ochildi

11.07.2025 | 12:466943

Rossiya havo hujumidan himoya tizimlari Minskdan Moskvaga kelayotgan uchib kelayotgan «Aeroflot» reysini dron deb xato qabul qilib, unga qarata o‘t ochgani haqida xabarlar tarqaldi.

Minskdan Moskvaga uchib kelayotgan yo‘lovchi samolyotiga qarata o‘t ochildi
Ma’lum qilinishicha, «Pansir» majmuasi Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyotini jangovar dron deb o‘ylab, uni urib tushirish uchun o‘t ochgan. Internetda tarqalgan audiyozuvda uchuvchilar radioaloqaga chaqib, bu fuqarolik reysi ekanini, ruxsatnoma asosida parvoz qilayotganini qayta-qayta aytishadi. «PRO (havo hujumidan himoya tizimi) o‘t ochmoqda. Biz yo‘lovchi borti hisoblanamiz. Bu nishon emas. Bu yerda odamlar bor», — degan ovoz yozuvda eshitiladi. Hodisa 11 iyulga o‘tar kechasi tungi soat 00:20 da sodir bo‘lgan. Uning ma’lum qilishicha, reys pastga tushayotgan paytda HHH majmuasi harakatlari natijasida samolyotga ma’lum bir darajada shikast yetgan. Ammo uchuvchilar uchoqni muvaffaqiyatli qo‘ndirishga erishgan va hech kim jabrlanmagan. Hozircha bu ma’lumot rasmiy tasdiqlangan emas. Ma’lumot uchun, hujumga uchragani aytilayotgan AFL1845 reysi (RA-73105) «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Minskdan 10 iyul kuni 23:27 da uchgan va Moskvaga 00:36 da qo‘ngan. Flightaware saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, reys davomida ko‘zga ko‘rinarli insident qayd etilmagan. Hodisa sodir bo‘lgan tun — Rossiyaning bir nechta harbiy ob’ektlariga Ukraina dronlari tomonidan hujum qilingan vaqtga to‘g‘ri keladi. Xususan, Moskvadan 80 km shimolda joylashgan Dubno shahridagi «Kronshtadt» mudofaa zavodi hamda Tula va Kolomna atrofida portlashlar yuz bergani xabar qilingan. Rossiya rasmiylari va Rosaviatsiya ushbu voqea yuzasidan hozircha izoh bermadi.

Teglar

Mavzuga oid