
Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi
24.07.2025 | 20:4023512
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga Amur viloyatidagi yo‘lovchi samolyoti halokati munosabati bilan ta’ziya maktubi yo‘lladi.

2025 yil 24 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab fuqarolar halok bo‘ldi. Ushbu fojea munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin nomiga rasmiy ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlat rahbari halokat qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Xabarovsk — Blagoveshchensk — Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan va Tinda aeroportiga qo‘nish paytida ikkinchi aylanmaga o‘tib, radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:00 da aloqa uzilgan. Qoldiqlar Tindadan 15 kilometr uzoqlikdagi tog‘ yonbag‘rida aniqlangan. Bortda 43 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar bola va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. MCHS havodan olib borilgan tekshiruvlar jarayonida omon qolganlarni aniqlay olmagan.





