add

Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

29.01.2026 | 12:391 daqiqa

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Anqaraga jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29-yanvar kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazadi. Shuningdek, tashrif dasturiga muvofiq, bir qator gumanitar tadbirlarda ishtirok etish nazarda tutilgan.

Muzokara mavzulari

Muzokaralarda O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Siyosiy muloqotni rivojlantirish, tovar ayirboshlashni oshirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, faol madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari qator qo‘shma tadbirlarda ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid