
Mirziyoyev va Putin o‘zaro gaplashib oldi
14.10.2025 | 18:4828862
Ular strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgani xabar qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash borasida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.





