add

Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

23.09.2025 | 08:3038023

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu Yorkda XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva bilan uchrashib, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama etdi.

Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
22 sentyabr kuni Nyu York shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda O‘zbekiston va XVJ o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va islohotlarning amaliy natijalari muhokama qilindi. Kristalina Georgiyeva Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuksak baho berdi. U, shuningdek, XVJ O‘zbekistonning ortga qaytmas islohotlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. Uchrashuvda makroiqtisodiy siyosat, byudjet va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish yo‘nalishidagi samarali hamkorlik alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, o‘zbek mutaxassislarining XVJ markazlarida muntazam malaka oshirishi muhimligi qayd etildi. Prezident Mirziyoyev XVJ ko‘magi bilan moliya sohasi barqarorligi bo‘yicha olib borilgan baholash natijalarida qabul qilingan «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Tomonlar pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantirish, statistika tizimini transformatsiya qilish hamda iqtisodiy idoralar xodimlari uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha kelishib oldi.

Teglar

Mavzuga oid