«Mister 880»: 10 yil davomida qalbaki dollar yasagan qariya
18.08.2025 | 12:0021546
Nyu York tarixida eng uzoq qidirilgan soxta pul yasvochi — Emerix Yuttner 10 yil mobaynida faqat bir dollarlik soxta kupyuralar yasab, ularni o‘tkazish bilan kun kechirgan.

Avstriyada ishchi oilasida tug‘ilgan Yuttner 1890 yilda — 13 yoshida yaxshi hayot izlab Amerikaga kelgan. Nyu Yorkka yetib kelgach, rasm ramkalariga zarhal bezak tayyorlaydigan ustaxonada shogird bo‘lib ishladi. Fotosuratchilik bilan qiziqib, yangi turdagi fotoapparat ixtiro qilishga urindi, ammo Kodak kompaniyasi uning chizmalarini rad etdi. Keyin venetsiyacha maxsus pardalar loyihasini ishlab chiqdi, ammo ishlab chiqaruvchilar uning ixtirosidan voz kechdi.
1937 yilda uning rafiqasi 61 yoshida vafot etib u yolg‘iz qoldi. Boz ustiga, ishidan ham «qarib qoldi», degan bahona bilan bo‘shatishdi. Bu vaqtga kelib, farzandlari ham allaqachon uydan chiqib ketib, u alohida yashardi. Qariya esa tirikchilik uchun shahar chiqindixonalaridan chiqindilar yig‘ib, arzon narxga sotish bilan kun ko‘ra boshladi. Shunda unga pul topishning boshqa yo‘lini topish haqida g‘oya keldi – u soxta pul yasashga qaror qildi.
1938 yilda dollar banknoti suratini oldi va kislotadan foydalanib tasvirni rux plastinalariga o‘tkazdi. Chop etish sifatsiz chiqqanidan, u har bir soxta kupyurani qo‘lda bezab chiqardi. Yuttnerning oshxonasida kichik qo‘lbola bosmaxona paydo bo‘ldi. Haftasiga atigi 15 dollar ishlatardi va shu mablag‘ unga kun ko‘rishga yetardi. U soxta pulni kamdan-kam ishlatar va har doim yangi joylarda to‘lov qilardi.
Qo‘lbola bosmaxonasida tayyorlangan pullar arzon qog‘ozda, xato harflar joyi almashgan holda chop etilar, Jorj Vashington surati esa asliga o‘xshamasdi. Hatto uning ismi «Washington» o‘rniga «Wahsington» deb yozilgandi. Ilk oyda butun Nyu York bo‘ylab 40 ta kupyura topildi. Bir yilda ular soni 585 taga yetdi.
Maxfiy xizmat soxta pul yasvochiga «Mister 880» deb nom berdi. «Mister 880 ishi» tarixdagi eng uzoq qidiruvga aylandi. 1947 yilga kelib, shaharda 7000 ga yaqin soxta dollar topildi — bu o‘sha davrdagi barcha qalbaki pullarning 5 foizini tashkil etar edi.
Uning fosh bo‘lishi esa mutlaqo tasodifan yuz bergan. 1948 yilning qishida uning uyida yong‘in chiqadi. Chiqindilar orasidagi soxta pullar dastasi va plastinalar mahalliy bolalar qo‘liga tushib, alal-oqibat politsiyagacha yetib bordi. Shunday qilib, agentlar uning eshigini qoqib kelishdi va 73 yoshli qariya barchasini tan oldi. U hech qachon bir dollardan ortiq pul bilan hisob-kitob qilmaganini, odamlar esa eng ko‘pi bilan 1 dollar yo‘qotganini aytdi.
Sud uning yoshini hisobga olib, 1 yil 1 kun qamoq va 1 dollar jarima jazosini berdi. To‘rt oydan keyin shartli ravishda ozod qilindi.
1950 yilda uning hayoti asosida «Mister 880» filmini suratga olindi, Film «Oltin Globus» mukofotini oldi va «Oskar»ga nomzod bo‘ldi. Yuttner bu filmdan mablag‘ ishlab, qolgan umrini farovon o‘tkazdi. U 79 yoshida vafot etdi.