add

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston hatto Erondan ortda qoldi

Kecha 21:181 daqiqa

Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston hatto Erondan ortda qoldi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida bir necha pog‘ona pastga tushdi. Bu haqda Speedtest Global Index tomonidan e’lon qilingan reytingda keltirilgan.

Qayd etilishicha, mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 5 pog‘ona pastlab, 76-o‘rinni egallagan. Mamlakatda mobil internetning o‘rtacha tezligi 51,47 Mb/s ni tashkil etmoqda.

Qozog‘iston mobil internet tezlii bo‘yicha 48-o‘rinni egallab turibdi (tezlik 95,32 Mb/s). Qirg‘iziston esa O‘zbekistondan bir pog‘ona past  — 77-o‘rindan  (51,13 Mb/s) joy olgan.

Eron mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekistondan o‘zib ketgan va 71-o‘rinni egallab turibdi (57,48 Mb/s).

Mobil internet yo‘nalishida dunyo bo‘yicha mutlaq yetakchilikni Birlashgan Arab Amirliklari (691,76 Mb/s) va Qatar (573,57 Mb/s) saqlab qolmoqda.

 

Simli internet: O‘zbekiston va dunyo

Simli keng polosali internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston avvalgi o‘rniga nisbatan 6 pog‘onaga pastlab, 83-o‘rindan joy oldi. Mamlakatda simli internetning o‘rtacha tezligi 90,94 Mb/s ni tashkil qilgan.

Bu yo‘nalishda Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • Qozog‘iston: 91-o‘rin (85,71 Mb/s).

  • Qirg‘iziston: 92-o‘rin (85,40 Mb/s).

Eron simli internet tezligi (21,33 Mb/s) bo‘yicha 137-o‘rinni egalladi.

Simli internet tezligi bo‘yicha dunyoda Singapur (410,06 Mb/s) birinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni BAA va Fransiya egallab turibdi.

Reytingning eng quyi pog‘onalarini esa Afg‘oniston (4,68 Mb/s) va Suriya (3,82 Mb/s) va Kuba (3,82 Mb/s) davlatlar yakunlab bergan.

Teglar

Mavzuga oid