add

Moskva Kavkazorti va Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan qat’iy sanksiyalarni tayyorlamoqda — OAV

07.07.2025 | 12:0022893

Moskvada rus tilini cheklovchi qonunlar qabul qilinishi va rusiyzabon aholi huquqlarining buzilishi ortidan Kavkazorti va Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

Moskva Kavkazorti va Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan qat’iy sanksiyalarni tayyorlamoqda — OAV
Bu haqda Kremlga yaqin manbalarga tayangan holda Internetda turli resurslar orqali ma’lumot tarqatilmoqda. Biroq hozircha bu borada rasmiy xabar yo‘q. Tarqatilayotgan xabarlarda ta’kidlanishicha, Rossiya tomonining ko‘rib chiqilayotgan asosiy choralari qatoridan vizalar joriy etish, migrantlar orqali yuboriladigan pul o‘tkazmalarini cheklash va ish bilan ta’minlashda kvotalar kiritish o‘rin olgan. Shu bilan birga, logistika va qo‘shma loyihalarni to‘xtatish, ayniqsa, rossiyalik kompaniyalar ishtirokidagi dasturlar bloklanishi ham rejalashtirilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Rossiya bu borada asosiy e’tiborni Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qaratmoqchi. Bu davlatlarda rus tilini cheklovchi qonunlar va rusiyzabon aholiga nisbatan bosimlar tobora sezilarli tus olmoqda. Kremlda faqat iqtisodiy choralar bilan cheklanib qolmaslik masalasi ham muhokama qilinmoqda. Xususan, Rossiya chegaralari yaqinida yirik harbiy mashqlar o‘tkazish yoki rusiyzabon aholiga nisbatan ommaviy zo‘ravonlik yoki repressiyalar ro‘y bersa, «humanitar aralashuv» ssenariylari ko‘rib chiqilmoqda. Kuzatuvchilarning fikricha, bu Moskva tomonidan mintaqaviy hukumatlarga ochiq signal sifatida qaralishi mumkin: Rossiya o‘z fuqarolari va manfaatlarini faqat diplomatik yo‘llar bilan emas, balki kuch bilan ham himoya qilishga tayyorligini bildirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid