add

Moskvada muhojirlar geolokatsiya orqali nazorat qilinadi

21.05.2025 | 14:2047433

2025 yil 1-sentyabrdan boshlab Moskva va uning atrofidagi mehnat muhojirlari maxsus mobil ilova orqali o‘z joylashuvini Rossiya ichki ishlar organlari bilan majburiy tarzda bo‘lishishi kerak bo‘ladi. Yangi qonun to‘rt yillik eksperiment doirasida joriy etilmoqda va unga amal qilmaganlarga Rossiya hududida bo‘lish taqiqlanishi mumkin.

Moskvada muhojirlar geolokatsiya orqali nazorat qilinadi
Rossiya Davlat Dumasi 20 may kuni mehnat muhojirlari va 90 kundan ortiq vaqt davomida Moskva yoki Moskva viloyatida bo‘lib turgan xorijliklarga geolokatsiya bo‘yicha kuzatuv o‘rnatishni talab qiluvchi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, muhojirlar maxsus mobil dasturni o‘rnatib, joylashuv ma’lumotlarini doimiy ravishda davlat organlari bilan bo‘lishishlari kerak. Agar migrant uch kun ichida geolokatsiya ma’lumotlarini taqdim etmasa, u nazorat ostidagi shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi va uning Rossiyada bo‘lish huquqi bekor qilinishi mumkin. Qonun diplomatlar, ularning oila a’zolari va Belarus fuqarolaridan tashqari barchaga taalluqli hisoblanadi. Qonun dastlab muhojirlarga bitta patent bilan ikki hududda ishlashga ruxsat berish haqida bo‘lgan, biroq keyingi o‘qishlarda u geolokatsiya bo‘yicha qat’iy kuzatuv talablari bilan to‘ldirildi. Tajriba 2029 yilgacha amal qiladi va samarali deb topilsa, mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinishi mumkin. Bu qaror Rossiyada mehnat migratsiyasiga nisbatan siyosiy yondashuvning keskin o‘zgarishi fonida qabul qilindi. So‘nggi vaqtlarda politsiya reydlari kuchaytirildi, migratsiya qoidalarini buzganlikda ayblangan mansabdorlarga jinoiy ishlar ochildi va maktablar rus tilini bilmaydigan muhojir bolalarni qabul qilishdan bosh tortmoqda.

Teglar

Mavzuga oid