add

Moskvada shaharni yaxshi bilmagan migrant taksichilarga 5 ming rubl jarima solinadi

28.05.2025 | 19:3016423

Moskvada taksi haydovchilari uchun shahar infratuzilmasi, muhim ob’ektlar va qoidalar bo‘yicha majburiy test joriy qilindi. Imtihondan o‘tmasdan ish boshlagan haydovchilarga jarima qo‘llaniladi.

Moskvada shaharni yaxshi bilmagan migrant taksichilarga 5 ming rubl jarima solinadi
Moskva shahar hokimligi tomonidan qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, poytaxtda taksichilik qilishni xohlagan haydovchilar maxsus bilim sinovidan o‘tishlari shart qilib belgilandi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan imzolangan qarorda ma’lum qilingan. Test 20 daqiqa davom etadi va to‘qqiz savoldan sakkiztasiga to‘g‘ri javob berish talab etiladi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan haydovchilarga sertifikat beriladi va u ikki yil amal qiladi. Test bepul bo‘lib, shaharning muhim davlat, ijtimoiy va madaniy ob’ektlari, ularga olib boruvchi yo‘nalishlar, favqulodda vaziyatlardagi harakatlar, yo‘lovchi va yuk tashish qoidalari haqidagi bilimlarni qamrab oladi. Qonunga ko‘ra, imtihondan o‘tmasdan faoliyat boshlagan haydovchilarga 5 ming rubl miqdorida jarima belgilangan. Ushbu chora taksi xizmatlarini sifatli va xavfsiz qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. 2023 yildagi Xalqaro Yevrosiyo «Taksi» forumida keltirilishicha, Moskvada 332 ming taksichi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 79 mingga yaqini Qirg‘iziston, 7 ming nafari Tojikiston va 5 mingga yaqini O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid