
Moskvadagi Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida vaqtinchalik parvoz cheklovlari joriy etildi
28.05.2025 | 15:457191
Rossiya Federal havo transporti agentligi xabariga ko‘ra, Moskvadagi Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida kirish va chiqish reyslariga nisbatan vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Avvalroq shunga o‘xshash cheklovlar Domodedovo aeroportida ham amalga oshirilgan edi. Agentlik bayonotida ta’kidlanishicha, ushbu choralar fuqarolik aviatsiyasi parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vnukovoga yo‘naltirilgan o‘nta reys Moskva, Nijniy Novgorod va Sankt-Peterburgdagi boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi. Hozirda uchuvchilar, dispetcherlar va yer xizmati xodimlari parvozlarning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Hozircha cheklovlarning sabablari rasman oshkor etilmagan.





