add

Motam marosimidan qaytayotgan avtobus ag‘darilib ketgan. Halok bulganlar bor

09.08.2025 | 17:3048573

Keniyada yo‘lovchi avtobusi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan. Oqibatda 21 kishi vafot etgan.

Motam marosimidan qaytayotgan avtobus ag‘darilib ketgan. Halok bulganlar bor
Euronews xabar berishicha, Keniyaning janubi-g‘arbida juma kuni kechqurun yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Politsiya ma’lumoticha, halok bo‘lganlar soni kamida 21 nafarni tashkil etgan. Halokat avtobus g‘arbdagi Kakamega shahridan Kisumu shahriga motam marosimidan qaytayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan paytda sodir bo‘lgan. Hodisa yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashganda ro‘y bergan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, transport vositasi ariqqa tushib ketgan va ag‘darilgan. Nyanza provinsiyasi yo‘l politsiyasi xodimi Piter Mayna ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida 10 ayol, 10 erkak va 10 yoshli qizaloq bor. Keniyada va butun Sharqiy Afrikada yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladi. Yo‘llar ko‘p hollarda tor va qiyin holda, asfaltda chuqurlar ko‘p. Politsiya ayni paytda haydovchilarni tezlikni oshirishda ayblaydi. Bir kun oldin, payshanba kuni, Nakuru okrugining Nayvasha shahrida sodir bo‘lgan yo‘l hodisasida 9 kishi halok bo‘ldi. Politsiyaga ko‘ra, qurbonlar avtobusda ishga yo‘l olgan 32 nafar ishchi orasida bo‘lgan, transport vositasi temir yo‘l kesishmasida to‘qnashgan.

Teglar

Mavzuga oid