Mo‘ynoqda otilib chiqayotgan va yonayotgan gaz hamon jilovlanmagani ma’lum bo‘ldi
13.08.2025 | 08:006795
Ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘ynoqda otilib chiqayotgan gazni jilovlashga harakat qilinayotgani videosi tarqaldi. Energetika vazirligi hammasi nazoratda ekanini ta’kidladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmatining Vaqt.uzʼga ma’lum qilishicha, kutilganidan katta bosimda otilib chiqayotgan gazni jilovlash uchun harbiy texnikadan foydalanishi oddiy hol. Chunki olov yonib turganda uning oldiga yaqinlashib bo‘lmaydi. Shuning uchun masofadan turib, quduqda o‘rnatilgan qurilma harbiy texnikadan o‘t ochib yiqitiladi.
Bu ish bilan «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismining Markaziy harbiylashtirilgan nazorat otryadi» shug‘ullanadi.
Energetika vazirligi konda gaz otilib chiqqani yuzasidan rasmiy bayonot bergan. Unda quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda joylashgan va tarkibi zararsiz ekanligi ma’lum qilingan. Lekin Kosmo monitoring kanali tomonidan joylashtirilgan suratlardan gaz qudug‘i Mo‘ynoq shahridan qariyb 10 km olislikda joylashganini ko‘rish mumkin.
«26 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, «Uchsoy» OFY hududida joylashgan «Muynoq» konida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka mo‘ljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatilgan. Ushbu quduq — mazkur konda burg‘ilash ishlari boshlangan birinchi quduq hisoblanadi», deyiladi xabarda.
Maxlum qilinishicha, gaz bosimi kutilgan darajadan yuqori bo‘lganligi sababli, barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
«Voqea sodir bo‘lgan paytdan boshlab barcha tegishli tashkilotlar — «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi Jamiyatga qarashli «Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismining Markaziy harbiylashtirilgan nazorat otryadi», Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «O‘zbekgeofizika» AJ hamda mahalliy hokimiyat mutasaddilari voqea joyida hozir bo‘lib turibdi», deyiladi bayonotda.
Ayni damda holatni bartaraf etish uchun xizmat qilayotgan ishchi xodimlar sog‘ligini saqlash, shuningdek, atrof-muhit va hayvonot olamiga zarar yetishining oldini olish maqsadida gaz nazorat ostida yoqib qo‘yilgan.
«Hech kim tan jarohati olmagan. Shu sababli odamlardan vahimaga tushmasliklarini so‘raymiz», deyiladi bayonotda.
27 iyul kuni Mo‘ynoqdagi yangi burg‘ilanayotgan gaz konida gaz sizib chiqishi kuzatilgani haqida avval xabar bergan edik. Demak, 2 haftadan buyon konni jilovlashning uddasidan hozircha chiqa olishmagan.