add

Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz

27 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘ynoqdagi konda burg‘ilash ishlari vaqtida katta miqdorda gaz otilib chiqqani, atrofdagi aholidan uydan chiqmaslik so‘ralayotgani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz
26 iyul kuni Mo‘ynoq tumanidagi «Uchsoy» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikda gaz otilib chiqdi. Quduq 5000 metrga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerdagi ilk burg‘ilash ishlari olib borilyotgan edi. Gazning atmosferaga chiqishi kuchli bosim tufayli ro‘y bergan. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur quduq aholi yashash hududidan ancha uzoqda joylashgan va undan chiqqan gaz tarkibida inson salomatligiga zararli moddalar, jumladan, oltingugurt yo‘q. Bu – Ustyurt mintaqasidagi barcha konlarga xos xususiyat sanaladi. Holat yuzasidan barcha tegishli tashkilotlar – «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgeofizika» AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy hokimiyatlar voqea joyida faoliyat olib bormoqda. Gaz nazorat ostida yoqib yuborilgan, bu atrof-muhitni himoya qilish maqsadida qilingan. Energetika vazirligi hech kim jarohat olmaganini ma’lum qildi va aholidan vahimaga tushmaslikni so‘radi. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz 2024 yil 1 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida "Mustaqillikning 25 yilligi" (M25) konida avariya ro‘y berib, atmosferaga vodorod sulfid gazi tarqalgan. 17 sentyabr kuni ushbu kondan yana oltingugurt gazi chiqa boshlashi bilan bog‘liq avariyada 4 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan. 2025 yil 5 may kuni kondagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz | Vaqt.uz