add

Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha sud kuni aniq bo‘ldi

16.08.2025 | 17:5539963

Hibsga olingan va tergovga tortilgan «Azon» loyihalari asoschisi, diniy voiz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ishi bo‘yicha sud kuni aniq bo‘ldi.

Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha sud kuni aniq bo‘ldi
Bu haqda «Azon Global» portali xabar berdi. «Sud 2025 yilning 19 avgust, seshanba kuni soat 15:00da Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida, sudya Bobur Rahimov raisligida boshlanadi. Sudning ochiq yoki yopiq o‘tishi hozircha noma’lum», deb xabar qilingan. Eslatib o‘tamiz, Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) shu yilning 10 may, shanba kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilinganidan buyon hibsda qolayotgan edi. U Jinoyat kodeksining 244 prim 3 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, keyinroq shu moddaning 1-qismi «g» bandi bilan qo‘shimcha ayblov e’lon qilingan. Oradan sal fursat o‘tib, ayblovlarga 156-moddasi 2-qismi ham ishga qo‘shilgan. Avvalroq, uning advokati Ruslan Sodiqov «Mubashshir Ahmad domla «Azon tv» kanalida olib borgan diniy, ma’rifiy faoliyati davomida 2023 yilda Diniy qo‘mita xulosasini olmasdan diniy mazmundagi materialni ushbu kanal orqali tarqatgani uchun ma’muriy jazoga tortilgan. 2023 yilda bu holat takroriy sodir qilingan deb topilib, jinoyat ishi qo‘g‘atilgan», — deb yozgan edi.      

Teglar

Mavzuga oid